ЦEНТР ПЕРЕПОДГОТОВКИ И ПОВЫШЕНИЯ КВАЛИФИКАЦИИ РАБОТНИКОВ, ОСУЩЕСТВЛЯЮЩИХ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ В СФЕРЕ ЭКОЛОГИИ И ОХРАНЫ ОКРУЖАЮЩЕЙ СРЕДЫ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI EKOLOGIYA VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH DAVLAT QO’MITASI HUZURIDAGI ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH SOHASIDA FAOLIYAT KO’RSATAYOTGAN ХODIMLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH MARKAZI

Ilg'or ta'lim texnologiyalari

Jahon standartlari



Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi Davlatlararo barqaror rivojlanish komissiyasi o‘z ishini boshladi

 

 

2019 yil 24 oktyabr kuni Nukus shahrida yuksak darajadagi «Orolbo‘yi – ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi» xalqaro konferentsiyasi doirasida Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi Davlatlararo barqaror rivojlanish komissiyasining (DBRK) yig‘ilishi o‘z ishini boshladi. Eslatib o‘tamiz mazkur Komissiya Orol dengizi xavzasi  masalalari bo‘yicha Davlatlararo kengashning qarori (1994 yil 19 iyul, Ashxobod) bilan tashkil etilgan.

Komissiyaga Markaziy Osiyo davlatlarining atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish sohasida muvofiqlashtirish, shuningdek, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash yuklatilgan.

Bugungi yig‘ilish davomida Davlatlararo barqaror rivojlanish komissiyasiga Turkmaniston raislik qilgan davridagi (2015-2019 y.) faoliyati;
Barqaror rivojlanish uchun atrof-muhit bo‘yicha Mintaqaviy dasturi loyihasi;

Davlatlararo barqaror rivojlanish komissiyasining Maslahat kengashini tashkil etish va boshqa masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

 

Давлат экология қўмитаси
Ахборот хизмати