ЦEНТР ПЕРЕПОДГОТОВКИ И ПОВЫШЕНИЯ КВАЛИФИКАЦИИ РАБОТНИКОВ, ОСУЩЕСТВЛЯЮЩИХ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ В СФЕРЕ ЭКОЛОГИИ И ОХРАНЫ ОКРУЖАЮЩЕЙ СРЕДЫ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI EKOLOGIYA VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH DAVLAT QO’MITASI HUZURIDAGI ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH SOHASIDA FAOLIYAT KO’RSATAYOTGAN ХODIMLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH MARKAZI

Ilg'or ta'lim texnologiyalari

Jahon standartlari



Xorijiy investorlarni chiqindilarni qayta ishlash sohasiga jalb etish bo‘yicha yangi imkoniyat

 

 

Xalqaro moliyaviy korporatsiyasining (IFC WB) O‘zbekistonga tashrifi asnosida 2019 yilning 24 sentyabr kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Xalqaro moliyaviy korporatsiya yurtimizda chiqindilarni boshqarish sohasida investitsiya kiritishni mo‘ljallagan xorij investorlari, agar ularning loyihasi (yoki biznes-rejasi) 50 mln. AQSh dollardan yuqori, shuningdek, investitsiya bozorida ko‘zga ko‘ringan, o‘zini oqlagan tashkilotlar bo‘lsa kredit ajratish taklifi berishi ta’kidlandi. Albatta, bu O‘zbekiston bozoriga kirishni mo‘ljallagan investorlar uchun katta imkoniyatdir.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, Xalqaro moliyaviy korporatsiya 1956 yilda tashkil etilgan. Ayni paytda korporatsiya tarkibiga 182 ta davlat kiradi. Korporatsiyaning maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlarga xususiy investitsiyalarning turg‘un kirib kelishiga ko‘maklashish, qashshoqlikni qisqartirish va odamlarning turmush sharoitlarini yaxshilashdan iborat. U o‘z faoliyatida hukumat kafolatlarisiz, biroq loyihalarning yuqori rentabelligi va moliyaviy samaradorligi sharti bilan xususiy kapitalga kreditlarni taqdim etishga asoslanadi.

U qarzlar, kapitalda ulushli ishtirok shaklidagi investitsiyalar, strukturalangan moliyalashtirish va tavakkallarni boshqarish bo‘yicha mahsulotlarni taqdim etadi, shuningdek rivojlanayotgan mamlakatlarda xususiy sektor o‘sishini rag‘batlantirish maqsadlarida maslahat xizmatlarini ham beradi.

Delegatsiyaning O‘zbekistonga safari joriy yilning 27 sentyabr kuniga qadar davom etadi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati